11:17 / 19.12.2015
2356

Amazon o‘z aviayetkazish xizmatini ishga tushirishi mumkin

Dunyoning eng yirik internet-riteyleri Amazon aviayetkazish bo‘yicha shaxsiy servisini ochishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Seattle Times gazetasi. Sietl shahrida kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan.

Yuk tashish sohasi mutaxassislari bergan ma'lumotlarga qaraganda, kompaniya tovarlarni tezkor yetkazish uchun lizingga havo transporti olmoqchi va tegishli kompaniyalar bilan bu boradagi muzokaralarni boshlab yuborgan.

Ta'kidlanishicha, boshqa tashuvchilarga bog‘liqlik kompaniyaning rivojlanishiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda. Endilikda esa nafaqat o‘z tovarlarini tashishi, balki UPS and FedEx’ga raqobatchi ham bo‘lishi mumkin.

Top