22:16 / 19.12.2015
4994

Armaniston va Ozarbayjon prezidentlari Qorabog‘ masalasini muhokama qildilar

Armaniston va Ozarbayjon prezidentlari Serj Sargsyan va Ilhom Aliyev YeXHTning Minsk guruhi raislari vositachiligida Bernda muzokaralar o‘tkazishdi. Bu haqda Armaniston prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilindi.

“Muzokaralar paytida ixtilof hududida keskinlikni kamaytirishga qaratilgan qadamlar hamda muammoni hal qilishda oldinga siljishning imkoniyatlari muhokama qilindi”, deb aytilmoqda xabarda.

Parijda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvni Shveytsariyada o‘tkazish haqidagi qaror Parijdagi teraktlardan keyin davlat rahbarlari xavfsizligini ta'minlash maqsasida qabul qilindi.

Top