00:29 / 19.12.2015
4535

NATO Turkiyaga havo hujumiga qarshi himoya uchun yordam ajratishga rozi bo‘ldi

NATOga a'zo davlatlar Turkiyaga Suriya bilan chegarasini qo‘riqlashda havo hujumiga qarshi himoyani kuchaytirish uchun samolyotlar yuborishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.

“Biz Turkiyaga yordam berish paketi bo‘yicha kelishuvga erishdik”, deb aytdi Stoltenberg.

Ta'kidlanishicha, bu qaror qisman Rossiyaning Su-24 samolyoti bilan yuz bergan hodisalar boshqa takrorlanmasligi uchun qabul qilingan.

Top