15:09 / 19.12.2015
3954

NBC Sports: Fabregas va Azar Mourino iste'fosining asosiy tashabbuskorlari bo‘lgan

“Chelsi” futbolchilari Fransesk Fabregas va Eden Azar jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino iste'fosining asosiy tashabbuskorlari bo‘lgan. Bu haqda voqea bilan tanish bo‘lgan manbaga asoslanib, NBC Sports xabar bergan.

Aytilishicha, Fabregas jamoa rahbariyatiga Mourino va uning qiliqlaridan shikoyat qilgan.

Jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari Mourino iste'fosini so‘ragani jamoa rahbariyatini ushbu qarorga kelishiga undagan.

Shuningdek xabarda 52 yoshli mutaxassis “Chelsi”ning so‘nggi omadsiz natijalari sababli bir necha hafta davomida jamoa ichki muhitidagi keskin holat bilan kurashgan. 

Top