09:04 / 19.12.2015
3475

Obama IShIDga qarshi kurashda taraqqiyot kuzatilayotganini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama xalqaro koalitsiyaning IShID jangarilariga qarshi kurashida barqaror taraqqiyot borligini aytdi.

Obama bu haqda NBC telekanali efirga uzatgan matbuot-anjumanida aytdi. Obamaning ta'kidlashicha, IShID oxir-oqibat albatta mag‘lub etiladi.

“Biz IShIDni yo‘q qilmoqchimiz va biz bunga ularni muntazam siqib, moliyalashtirish va yetkazib berish yo‘llaridan mahrum qilib, ularning rahbariyatini yo‘q qilib, ulardan kuchlarni tortib olib, ularning infratuzilmasini yakson qilib erishmoqchimiz”, deb aytdi Obama.Obamaning aytishicha, IShID jangarilari “qochishga” tayyor turibdi.

Top