11:38 / 19.12.2015
2617

Obama Oq uyda o‘tgan matbuot anjumanida yil yakunlarini o‘qib eshittirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda o‘tkazilgan katta matbuot anjumanida yil yakunlarini o‘qib eshittirdi, shuningdek, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Jurnalistlar bilan besh soat muloqot qilgan rossiyalik hamkasbi Putindan farqli o‘laroq, buning uchun Obamaga bir soatdan kamroq vaqt talab qilindi.
Obama qisqa gapirishini oldindan aytdi, negaki “Yulduzlar jangi”ning navbatdagi qismini ko‘rishga shoshilayotgan ekan.

Bundan tashqari, anjuman Obamaning Gavayiga Yangi yil ta'tiliga uchib ketishi oldidan kun tartibida belgilangan oxirgi tadbir edi.
Birinchi navbatda, Obama Parijda “AQSh yetakchiligida” 200 davlat ma'qullagan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha deklaratsiyaning imzolanishini yilning asosiy yutuqlaridan biri, deb baholadi. Shuningdek, u IShIDga qarshi olib borilayotgan kurash hamda San-Bernardinodagi otishma tafsilotlariga to‘xtalib o‘tdi.


Ichki siyosatdagi asosiy yutuqlardan biri sifatida prezident barcha 50 shtatda bir jinsli nikohlarning tan olinishini e'tirof etdi.
“2016 yilda men barcha kuchimni yangi yutuqlarga sarflayman”, - degan so‘zlar bilan Oq uy rahbari hisobotini yakunladi.

Top