15:16 / 19.12.2015
5549

Qozog‘iston tengesi Yevropaning eng zaif valyutasi deb tan olindi

Ukrainaning ForexClub axborot-tahliliy markazi mutaxassislari yil boshidan buyon Qozog‘iston tengesi 85.2 foizga devalvatsiyaga uchraganini aniqlashdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u joriy yilda birinchi deb tan olinib, Yevropa va MDHning eng zaif valyutasiga aylandi.

“AQSh dollarining Yevropa va MDH davlatlardagi dinamikasi 16 dekabr holatiga ko‘ra: Qozog‘iston – 85.2 foiz, Belarus – 54.3 foiz, Ukraina — 48.7 foiz, Qirg‘iziston – 33.9 foiz, Ozarbayjon– 33.8 foiz, Tojikiston – 28.9 foiz, Gruziya – 28.7 foiz, Turkiya — 28.4 foiz, Moldova — 26.6 foiz, Rossiya – 25.9 foiz”, — deyiladi tadqiqot matnida.

Turkmaniston manatida 19.3, O‘zbekiston so‘mida 14.8, Armaniston drami 1.4 foizlik devalvatsiyaga uchradi. Yevro devalvatsiyasi 10.7 foizni tashkil qildi. Faqatgina Shveytsariya franki dollarga nisbatan 0.3 foizga mustahkamlandi.

Oxirgi 2 yil yakunlariga ko‘ra tenge MDH va Yevropa valyutalari o‘rtasida devalvatsiya darajasining yuqoriligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni oldi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 20 avgust kuni Qozog‘iston Milliy banki milliy valyutani suzuvchi kursga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Top