Qozog‘istonning Pavlodar viloyati narkobiznesga qarshi kurash bo‘linmasi xodimlari O‘zbekiston fuqarosining yonidan 18 kg marixuana va gashish topishdi.
Bu haqda viloyat ichki ishlar departamentiga tayangan holda “Novosti-Kazaxstan” agentligi xabar bermoqda.Aytilishicha, Belovka qishlog‘ida to‘xtaligan “Nissan Premera” mashinasini boshqarib ketayotgan O‘zbekiston fuqarosi xodimlarga shubhali tuyulib, bagajdan skotch bilan o‘ralgan quti topilgan. Quti ichidan 16 kg marixuana va 2 kg gashish chiqqan.
Bu erkak orqali narkurerga ham chiqilgan. Bu Oqsuv shahrida istiqomat qiluvchi 45 yoshli erkak bo‘lib chiqqan.