16:44 / 19.12.2015
2618

Seyshel orollari prezidenti uchinchi muddatga saylandi

Seyshel orollari prezidenti Jyeyms Mishel minimal ustunlik bilan uchinchi muddatga saylandi, deb xabar beradi Reuters agentligi mamlakat saylov komissiyasiga tayangan holda.

Aytilishicha, Mishelga saylovchilarning 50.2 foizi ovoz bergan. Uning raqibi Vaven Ramakalavan undan 193ta kamroq ovoz olgan.
Ta'kidlanishicha, Mishelning prezidentlik yillarida turizm va baliqchilikning rivojlanishi hisobiga Seyshel iqtisodiyotida keskin ko‘tarilish kuzatilgan.

Saylov mamlakatni tashkil etadigan 115 orol o‘rtasidagi masofa uzoqligi bois saylov 3 kun davom etdi. Bu orollarda jami 93 ming kishi yashaydi.

Top