18:40 / 19.12.2015
3598

Turkiya 68 kurd jangarisini yo‘q qildi

Turkiya harbiylari mamlakat janubi-sharqidagi Shirnoq viloyatida Kurdiston ishchi partyasining 68 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, aksilterror operatsiyasi Jizre va Silopi shaharlarida to‘rt kundan buyon davom etmoqda. Hukumat kuchlari vakillaridan 1 nafari halok bo‘lgan, 22 nafari yaralangan.

Operatsiya hududida komendantlik soati e'lon qilingan, lekin ko‘p odamlar bundan ilgariroq mintaqani tark etib ulgurgan.

Top