20:34 / 19.12.2015
11012

Turkiya va Yevropa Rossiyaning uzoq harbiy aviatsiyasi uchun osmonini yopdi

Rossiya harbiy-koinot kuchlari uzoq aviatsiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari Anatoliy Konovalov Yevropa va Turkiya davlatlari IShID pozitsiyalariga zarba berayotgan Rossiyaning uzoq aviatsiyasi uchun o‘z havo hududini yopganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Shu sababli uchuvchilar Yevropani chetlab o‘tishga majbur bo‘lmoqdalar.

“Olenegorsk – bizning eng shimoliy aerodromimiz bo‘lib, u manzilga erishishga va havoda yoqilg‘i quyishga imkon beradi. Topshiriqlarni boshqa variant bo‘yicha bajarish imkoniyatini istisno qilgan ba'zi vaziyatlar bo‘ldi. Yevropa ham, Turkiya ham o‘tkazmadi”, deb aytmoqda Konovalov.

Konovalovning ta'kidlashicha, hattoki shunday sharoitlarda ham uzoq aviatsiya o‘z oldiga qo‘yilgan topshiriqlarni bajara olishga qodirligini isbotladi.

Top