09:44 / 19.12.2015
2938

Ukrainalik sobiq futbolchi Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi shtabidagi va “Chelsi”dagi lavozimdan birini tanlamoqda

Ukrainalik mashhur sobiq futbolchi Andrey Shevchenko o‘z kelajagi borasida bir to‘xtamga kela olmayapti.

Shevchenkoga Yevro-2016 ga tayyorgarlikni boshlab yuborgan Ukraina terma jamoasi murabbiylik shtabidan o‘rin taklif qilishdi, biroq u shuningdek “Chelsi” rahbariyatidan o‘rin olish haqida ham taklif oldi, deb xabar bermoqda “Futbol 24” nashri.

Uning terma jamoaga tayinlanishi 7-10 kundan keyin rasman e'lon qilinishi mumkin.

Avvalroq Ukraina terma jamoasi yetakchi o‘yinchilari Shevchenkoning bosh murabbiy etib tayinlanishiga qarshi chiqqanlari va terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Mixail Fomenkoni qo‘llab-quvvatlashgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi.

Hozircha shunisi ma'lumki, Fomenko Ukraina terma jamoasi bilan ishlashni davom ettiraveradi.

Top