09:48 / 20.12.2015
21230

Bizni pozitiv dunyoga olib kiruvchi 13 jonivor (foto)

Comedy Wildlife Photography Awards — bu yovvoiy tabiatda olingan fotosuratlar uchun beriladigan eng g‘aroyib mukofot bo‘lsa kerak. Unda g‘olib chiqish uchun suratlarda tasvirlangan jonivorlar eng kulgili va notabiiy ko‘rinishda bo‘lishlari shart.

Kun.uz tahririyati dam olish kunlari yanada maroqli o‘tishi uchun, o‘z muxlislariga ana shunday pozitivga to‘la suratlardan ayrimlarini ulashishni niyat qildi.  

Tig‘iz payt

Siz meni ko‘rmay qoldingiz...

Voy, kulib yubordim!..

Deyarli bo‘ldi...

Shoshmang! Bu mening nonushtam edi!

Esim qursin, yong‘oqni qayerga berkitganimni yana unutdim...

Mendan buni olib tashlang!

Sizga chaqirilgan joydan qolma, chaqirilmagan joyga borma, deb o‘rgatishmaganmi?

Banzay!

— Qo‘rqayapsanmi?

— Yo‘q.

— Unda men ham qo‘rqmayman.

Zavqli parvoz!

Ov oldidan yoga qilish maza-da!

Qayerga ketyapsan? Axir bizni suratga olishyaptiku!

Top