07:56 / 20.12.2015
3452

Manba: Erdo‘g‘an G‘azo sektoridagi vaziyatni XAMASning yetakchilaridan biri bilan muhokama qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Falastin islom harakati XAMAS siyosiy byurosining raisi Xolid Mash'al bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Isroil hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, Mash'al “Erdo‘g‘anga mintaqada yuz bergan oxirgi voqealar haqida qisqacha ma'lumot bergan”, biroq tafsilotlarga berilmagan.

Agentlikning ta'kidlashicha, uchrashuv Turkiya va Isroil o‘rtasida munosabatlarning tiklanishi haqidagi dastlabki kelishuv tuzilishi ortida bo‘lib o‘tdi.

Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlardagi inqiroz 2010 yil may oyida boshlangan. O‘shanda isroilliklar G‘azo sektori qamalini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ozodlik flotiliyasi kemalaridan birini ushlashi paytida 9 nafar falastinparast faol halok bo‘lgan.

Top