10:20 / 20.12.2015
4987

Misrlik yigit mamlakat prezidentini Mikki-Maus quloqlari bilan tasvirlagani uchun 3 yilga qamaldi

Misrlik yigit ijtimoiy tarmoqlarda hukumatga qarshi xabarlar tarqatgani uchun 3 yilga ozodliqdan mahrum etildi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli yigit harbiy xizmatdan ketishidan biroz oldin feysbukda sud tomonidan haqoratli deb topilgan bir necha xabar qoldirgan.

Bunday xabarlarning orasida Misr prezidenti Abdulfattoh Said As-Sisiyning multqahramon Mikki Maus quloqlari bilan tasvirlangan surati bo‘lgan. Harbiy-dala sudi askarning g‘oyalari hukmron tuzumning g‘oyalariga qarshi bo‘lgan, deb hukm chiqargan.

Tergovchilar sud materiallarida yigitning ijtimoiy tarmoqdagi parolini o‘zgartirib, uning xabarlarini o‘qishganini ta'kidlashgan. Bu xabarlarda yigit armiyadagi og‘ir sharoitlardan shikoyat qilgan.

“Satira – davlat demokratik bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi, o‘z fikrini bildirish uchun ongini ishlatuvchi barcha odamlar uchun yo‘ldir”, deb izoh berdi hukmga yigitning akasi.

Joriy yilning bahorida Misr prezidenti terrorchilik guruhlari sababli internetni tartibga solish kerakligini aytgan. Huquqni himoya qilish tashkilotlari vakillari bu boradagi yangi qonunlar juda keng talqin qilinishi va bu hukumat tomonidan suiiste'mol qilishlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Top