08:54 / 20.12.2015
1942

Nyu-Yorkda ikki Puerto-rikolik 62 kg kokain bilan qo‘lga tushdi

Nyu-Yorkning Bronks tumanidagi operatsiya davomida politsiya va federal agentlar yirik kokain partiyasi va ikki kishini qo‘lga olishdi, deb xabar bermoqda ABC telekanali.

Puerto-rikolik ikki kishi qo‘lga olingan, ular yirik narkotarmoqqa aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Sud hujjatlariga ko‘ra, briket holida qadoqlangan 62 kg kokainning narxi 3 mln dollarni tashkil qiladi.

Giyohvand moddalar aylanishini nazorat qiluvchi Nyu-yorklik prokurorning aytishicha, bu oxirgi yillarda hududda qo‘lga olingan eng katta kokain partiyasi bo‘ldi.

Gumonlanuvchilar tintuv qilinganda ularning yonidan 6 ming dollar, furgonni ijaraga olish bo‘yicha shartnoma topildi. Jinoyatchilar jinoyat qonunchiligining ikki bandi bo‘yicha ayblanmoqda.

Top