09:06 / 20.12.2015
1965

Pokistonda avtobus va benzovoz to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda Xuzdardan Karachiga olib boruvchi yo‘lda yo‘lovchi avtobusi va benzovoz to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Yana 10 nafardan ko‘proq odam jarohat oldi, deb xabar bermoqda The Express Tribune nashri.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi benzovozni aylanib o‘tish paytida boshqaruvni qo‘ldan chiqargan hamda unga urilgan. Avtobus haydovchisi hibsga olindi, noxush hodisa tergov qilinmoqda.

Ta'kidlash joizki, mahalliy OAVlar to‘qnashuvni tasvirlash paytida yon tomoni pachoqlangan sayyohlik avtobusi va yonib ketgan mikroavtobus suratini qo‘yishmoqda. Shu bois, bu transport vositalaridan aynan qaysi biri yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgani mavhum bo‘lib qolmoqda.

Ko‘p sonli qurbonlarga olib kelgan, yuk mashinasi ishtirokidagi yana bir avtohalokat Faysalobodda yuz berdi, deb xabar bermoqda SAMAA TV.

Bu hodisada yuk mashinasining katta tezlikda harakatlanishi uning to‘ntarilishiga olib kelgan, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, 8 kishi jabrlangan.

Top