09:43 / 20.12.2015
6255

Xillari Klinton Donald Trampni IShID uchun yaxshi yollovchi deb aytdi

AQSh Demokratik partiyasidagi debatlar davomida AQSh prezidenti lavozimiga bir necha nomzod birvarakayiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp haqida salbiy fikr bildirdilar, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

“U IShID uchun yaxshi yollovchiga aylanmoqda”, deb aytdi Trampning musulmonlarni AQShga qo‘ymaslik haqidagi taklifiga izoh berib Xillari Klinton.

O‘z navbatida yana bir nomzod Berni Sanders past maoshlar milliarder Tramp uchun yaxshi g‘oya bo‘lib ko‘rinayotganini aytdi.

Merilend shtatining sobiq gubernatori Martin O'Melli debatlar davomida millat amerika qadriyatlarini irqchining qo‘liga topshirmasligi kerakligini aytdi. Uning aytishicha, “katta og‘iz milliarderlarning fashistik g‘oyalari” oldida taslim bo‘lish kerak emas.

Avvalroq respublikachi-nomzod Jyeb Bush Trampni notavon deb atagandi.

Top