11:35 / 21.12.2015
4046

Blatter: Oktyabrda o‘lishimga bir bahya qolgandi

FIFA prezidenti Yozef Blatter oktabr oyida o‘lim bilan yuzma-yuz kelgani haqida so‘zlab berdi. Bunga xalqaro futbol tashkilotining korrupsiya bilan bog‘liq mojarolari tufayli, siqilishi natijasida kasal bo‘lib qolganini sabab bo‘lgan.

«Oktyabr oyida sal qolsa vafot etgan bo‘lardim. Yashash uchun imkoniyatim 12 tadan 5 ta edi. Immunitet tizimim deyarli hech qanday vazifani bajarmay qo‘ygandi. Shukr-ki, yuragim va miyam ishlashda davom etdi va kurashda yengib chiqdi.

Nevaramga sinfdoshlari tahdid qilishibdi. Odamlarning aytishicha, uning bobosi yomon odam ekan», deya Blatterdan iqtibos keltiradi SonntagsBlick.

Top