16:39 / 21.12.2015
6918

Jurnalistlar Yangi yil arafasida narxlar ko‘tarilishi haqidagi gaplarni tekshirib ko‘rdi

Odatda Yangi yil arafasida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ko‘tarilib ketadi, degan qarash mavjud, negaki bayram arafasida odamlar o‘zlarini bozorlarga urib, dasturxonlarini to‘ldirishga urinadi. “Bekajon” gazetasi muxbiri bu gap-so‘zlarning qay darajada to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Shu maqsadda 2014 yilning 20 va 28 dekabr kunlaridagi narx-navolar qiyoslab ko‘rildi.

Aniqlanishicha, narxlarda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmabdi, boz ustiga, o‘zgarishlar faqat tepaga emas, pastga ham bo‘lgan: konservalangan yashil no‘xat va makkajo‘xori narxi 20 dekabrda 4800-5800 so‘m bo‘lsa, bir haftadan so‘ng 5500-5900 so‘mga yetgan; tovuq narxi esa tushishi kuzatilgan: 15-19 mingdan 16-18 ming so‘mgacha.

Go‘sht narxi deyarli o‘zgarmagan (22-36 mingdan 24-36 ming so‘mga), kartoshka narxida esa tushish kuzatilgan (1500-1650 so‘mdan 1300-1900 so‘mgacha).
Materialda boshqa mahsulotlarning ham narxlari keltirildi.

“Ba'zi bir mahsulotlar oshgan, ba'zilarining narxi oshmagan, ularning orasida hatto arzonlashgan turlari ham kuzatiladi. Demak, Yangi yildan avval barcha oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarilib ketadi, degan fikr biroz noto‘g‘ri ekan”, — xulosa qiladi jurnalist.

Top