11:44 / 21.12.2015
5030

«Manchester Yunayted» van Gaalga ultimatum qo‘ydi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Lui van Gaalni APLning navbatdagi uchrashuvlaridan birida «Stok Siti» yoki «Chelsi» jamoalaridan biriga yutqazgan taqdirda iste'foga chiqaradi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

«MYu» rahbariyati jamoa murabbiyining bu mavsumdagi ishidan qoniqish hosil qilmayapti. Klub YeChLning pley-off bosqichiga chiqa olmadi, APLda chempionlik uchun barqaror kurash olib bora olmayapti. Buning ustiga jamoaning barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda g‘alaba qozona olmagan o‘yinlari soni oltitaga yetdi (uchta mag‘lubiyat va uchta durang).

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Britaniya matbuotida van Gaalning o‘rnini yaqindagina «Chelsi» murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan Joze Mourino egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top