13:35 / 21.12.2015
3472

OAV: Rossiya bozoridagi mayonezning 80 foizi talabga javob bermaydi

Rossiya sanoat va savdo vazirligi ishtirokida ta'sis etilgan sifat nazorati tashkiloti – Roskachestvo ichki bozordagi mayonez mahsulotlarining sifatini nazoratdan o‘tkazib, ularning 80 foizi talablarga javob bermasligini aniqladi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, Roskachestvo ichki bozorda eng ko‘p sotiladigan 27 nomdagi mayonezni tekshiruvdan o‘tkazgan. Bular: Baisad, Billa, Globus, Fine Life, Heinz, Mr. Ricco, Rioba, “Buket”, “Vkusnoteka”, “Gastronom”, “YeJK”, “Kajdyy den”, “Kruglyy god”, “Maxeyev'”, “Mechta xozyayki”, “Miladora”, “Moskovskiy provansal”, “Novosibirskiy”, “Oskar”, “Ryaba”, “Sdobri”, “Selyanochka”, “Skit”, “Sloboda”, “To chto nado”, “Tysyacha ozyor”, “Xabarovskiy”.

Mahsulot ingrediyentlar tabiiyligi, nordonlik darajasi, emulsiyaga chidamlilik, quyuqlik singari parametrlar bo‘yicha baholandi. 16 turdagi mahsulot tarkibida konservantlar topildi, nordonlik tekshiruvidan 1ta marka o‘ta olmadi, shuningdek, 13 ishlab chiqaruvchi mahsulotdagi yog‘ darajasini tushirgani aniqlandi, bu esa texnik reglamentga mos kelmaydi va iste'molchilar huquqini buzadi.

Talablarga faqat 5 marka javob berishi ma'lum qilindi. Bular: “Skit”, “Ryaba”, “Sloboda”, “Buket”, Mr. Ricco. Keyinroq bularning safiga ayni paytda tekshiruvdan o‘tkazilayotgan “Novosibirskiy provansal” mayonezi qo‘shiladi.

Top