23:05 / 21.12.2015
9091

Samarqand viloyatida muhojirlarning o‘z yurtiga qaytishi ko‘paymoqda

2015 yilda yangi ish o‘rinlari yaratish Dasturi bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘zbekistonlik muhojirlarning o‘z yurtiga qaytish holati sezilarli oshgani aytib o‘tildi.

Ular uchun Samarqand viloyatida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Buning natijasida bir qancha yuzlab sobiq muhojirlar ish o‘rniga ega bo‘lgan.

Joriy yilning 11 oyi davomida 86232 ta yangi ish o‘rni tashkillashtirilgan, deb yozmoqda “Samarkandskiy vestnik”.

Top