12:34 / 21.12.2015
5549

Toshkentda talonchi yerga sochilib ketgan 1.6 mln so‘mdan 60 mingini o‘g‘irlashga ulgurdi

Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan talonchilik jinoyatida ayblanuvchi 20 yoshli yigit bir qizning qo‘lidan sumkani yulqib oldi, ammo uning ichidagi 1.6 mln so‘m pul yerga sochilib ketdi. Talonchi bu pullardan faqat 60 ming so‘mini terib olishga ulgurdi, xolos.

“Ogoh” nashrining yozishicha, Zuhriddin ismli yigit Nargiza ismli o‘zidan katta ayolni uzoq poylab borgan va uning qo‘lidagi sumkani tortib olib, qochishga uringan. Ammo shoshilib, sumkani teskari ushlagan, buning natijasida pullar sochilib ketgan. Zuhriddin yerdan bor-yo‘g‘i 60 ming so‘m terib olgan, pullarning egasi talonchiga ancha yaqinlashib qolgan. Qizning dod-faryodini eshitgan militsiyachilar darhol voqea joyiga yetib kelgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan.

Top