15:25 / 22.12.2015
3253

Focus: Germaniyaga qalbaki Suriya pasportiga ega odamlar kirib kelmoqda

Germaniya federal hukumati ma'lumotlariga qaraganda, mamlakatda qalbaki Suriya pasportlari bilan kirib kelgan bir qator odamlar qidirilmoqda. Focus jurnalida keltirilishicha, bunday qalbaki pasportlar tayyorlayotgan guruh o‘z vaqtida Parij teraktlari ishtirokchilaridan biriga ham shunday soxta hujjat taqdim etgan.

Xavfsizlik organlarining qo‘lidagi ma'lumotlarga qaraganda, hozircha mamlakat hududida bunday pasportlarga ega o‘nga yaqin odam turibdi. Pasportlarda soxta ma'lumotlar ko‘rsatilgani bois ularni topish mumkin bo‘lmayapti. Bundan tashqari, ular mamlakatga kirish chog‘ida barmoq izlarini topshirmagan, bu ham qidiruvlarni sekinlashtirmoqda.

Top