14:45 / 22.12.2015
2586

Guardian: BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha komissari Tramp tarafdorlarini IShIDga yordam berayotganlikda aybladi

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Antonio Guterrishning fikricha, suriyalik muhojirlarga qarshi chiqayotgan respublikachi Donald Tramp va boshqa odamlar IShIDga yordam berishmoqda, deya yozdi The Guardian.

“Suriyalik muhojirlar, ayniqsa musulmonlarni inkor etayotgan kishilar tashviqot va odam yollash masalasida ekstremistik guruhlarning eng yaxshi ittifoqchilari hisoblanishadi”, - dedi Gutterish.

BMT vakilining fikricha, o‘z vatanidan qochib chiqayotgan suriyaliklarni asossiz ravishda terrorizmda ayblash kerak emas. Ular fuqarolik urushidan qutulish uchun o‘z hayotini xavf ostiga solishmoqda. Guttereshning fikricha, qochqinlar terrorizmning birinchi qurbonlari hisoblanishadi, uning manbasi emas.

Uning qayd etishicha, BMT tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Yevropaga yetib kelgan 86 foiz suriyaliklar o‘rta ma'lumotga ega bo‘lib, qariyb 50 foizi universitetlarda tahsil olishgan. Bu esa fuqarolik urushi Suriyada “onglarni yuvish” holatini keltirib chiqarganini ko‘rsatadi.

Bundan avvalroq esa Hillari Klinton Trampni IShID uchun eng yaxshi odam yollovchi ekanini aytgan edi.

Top