18:23 / 22.12.2015
5000

Gvardiola dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylanishi mumkin

"Chelsi" jamoasi xo‘jayini, rossiyalik milliarder Roman Abramovich jamoa bosh murabbiyligi lavozimiga "Bavariya" ustozi Xosep Gvardiolani taklif qilmoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatgan.

Oldinroq ispaniyalik "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirmasligini va 2016 yilning yozida klubni tark etishini ma'lum qilgandi.

Xabarlarda ushbu mutaxassis "Manchester Siti" yoki "Manchester Yunayted" jamoalaridan biriga o‘tishi haqida aytilayotgandi.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra esa rossiyalik tadbirkor Gvardiolani jahonning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylantirishga tayyor.

"Chelsi" Joze Mourinoni ishdan bo‘shatganidan so‘ng, uning o‘rniga vaqtincha murabbiy sifatida Guus Xiddinkni tayinlagan. Yangi mavsum uchun esa murabbiy masalasi hal qilinmagan.

Mavsum yakunida Gvardiolaning "Bavariya"dagi bo‘shaydigan o‘rnini Karlo Anchelotti egallaydi.

Top