14:33 / 22.12.2015
3036

Mask Falcon 9 raketasi qo‘nganidan so‘ng uning birinchi pog‘onasi suratini internetga joylashtirdi

SpaceX kompaniyasi xo‘jayini Ilon Mask Falcon 9 raketasi qo‘nganidan so‘ng uning birinchi pog‘onasini suratiga olib, internetga joylashtirdi.

“Falcon 9 Kanaveral burnidagi LZ-1da (birinchi qo‘nish zonasi) turibdi”, - deb izohladi Maks Twitter’dagi suratni.
Eslatib o‘tamiz, Falcon 9 raketasi Kanaveral burnidan (Florida shtati) muvaffaqiyat bilan uchirildi. Bu uning iyun oyidagi halokatdan so‘ng birinchi marta uchirilishidir.

U bortidagi sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga olib chiqib, so‘ng yana Floridaga qo‘ndi.

Top