13:14 / 22.12.2015
4247

Putin Abe tomonidan Yaponiyaga taklif qilindi

Yaponiya va Rossiya Kreml rahbari Vladimir Putinning Tokioga “tegishli vaqtda” amalga oshiriladigan tashrifini muhokama qilib oladi. Bu haqda Rossiyaning Yaponiyadagi elchisi Yevgeniy Afanasev ma'lum qildi.

“Bosh vazir Abe prezident Putinni Yaponiyaga taklif qildi, va bu taklif qabul qilindi. Tashrif ikki tomon uchun eng qulay vaqtda amalga oshirilishi lozim. Ko‘plarning aytishicha, u go‘yoki qoldirilgan edi, lekin axir konkret sanalar hech qachon aytilmagan edi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Top