00:38 / 22.12.2015
9361

Rossiyaning Su-27/Su-30 harbiy samolyotlari dunyodagi eng ommabop harbiy samolyotlar uchtaligidan o‘rin oldi

Rossiyaning Su-27 va Su-30 samolyoti 2015 yil oxiriga ko‘ra, dunyodagi eng ommabop harbiy samolyotlar uchtaligidan o‘rin oldi, deb xabar bermoqda Flight International tahliliy markaziga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, jahonda Su-27/Su-30 oilasiga mansub 943 ta samolyot mavjud bo‘lib, jahondagi barcha harbiy samolyotlarning 6 foizini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich ushbu samolyotlarga dunyoda tarqalganlik bo‘yicha 3-o‘rinni egallashni ta'minlaydi.

Ta'kidlanishicha, bu borada 1-o‘rinda AQShning F-16 Fighting Falcon va 2-o‘rinda F-18 Hornet/Super Hornet samolyotlari turadi, ular mos ravishda barcha harbiy samolyotlarning 16 va 7 foizini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, eng keng tarqalgan harbiy samolyotlar o‘ntaligiga Rossiyaning yana uchta harbiy samolyoti kiritildi: MiG-29 va MiG-21 qiruvchi samolyotlari 5- va 6-o‘rinni, Su-25 esa 7-o‘rinni egallamoqda.

Avvalroq xorijda Rossiya qurol-aslahasiga qiziqish, jumladan bu qurol-aslaha imkoniyatlarining Suriyadagi harbiy operatsiyada namoyish qilinayotgani sababli anchaga o‘sgani ma'lum bo‘ldi.

Top