11:18 / 22.12.2015
4480

Suriya ShHTda kuzatuvchi maqomini olish uchun murojaatnoma kiritdi

Suriya Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomini olish uchun murojaatnoma kiritdi. Bu haqda ShHT bosh kotibi Dmitriy Mizintsevga tayangan holda “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.

“Biz Suriya Arab Respublikasining tashqi ishlar vaziri tomonidan imzolangan, kuzatuvchilik maqomi so‘ralgan murojaatini hurmat va diqqat bilan ko‘rib chiqdik. Lekin tashkilotda bugungi kunga kelib shakllangan amaliyot ShHT oilasi tarkibiga kirmoqchi bo‘lgan davlat boshida dialog bo‘yicha sherik maqomiga ega bo‘lishini taqozo etadi.

Vaqt o‘tishi bilan u kuzatuvchi maqomiga da'vogarlik qiladi, agarda bunday qadamni o‘zi uchun kerakli deb hisoblasa. Keyin nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi”, — tushuntirdi Mizintsev.
Mizintsevning tasdiqlashicha, murojaat darhaqiqat kelib tushgan, uning taqdiri qanday kechishi haqida esa OAV boxabar qilib boriladi.

Top