09:49 / 22.12.2015
9696

Tojikiston maktablarida Yangi yil archalari o‘rnatilmaydi

Tojikiston maorif va fan vazirligi umumta'lim muassasalariga Yangi yil archalarini o‘rnatmaslikni topshirdi. Vazirlik rahbari Nuriddin Saidning 21 dekabrdagi farmoniga binoan, maktablarda na sun'iy, na haqiqiy archani o‘rnatish taqiqlanadi.

“Archalarni kesish va har qanday turdagi archalarni o‘rnatish, pirotexnika vositalaridan foydalanish, bayram dasturxoni, sovg‘alar topshirish va o‘quvchilar uchun restoranlarda ziyofatlar uyushtirish qat'iyan man etiladi”, — deyiladi hujjat matnida.

Shuningdek, vazirlik Yangi yil bayrami munosabati bilan maktablarda devoriy gazetalar chiqarish, madaniy va adabiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazmaslikni tavsiya qildi.

Top