23:37 / 22.12.2015
4735

Uchtepalik firibgar ayol tanishiga uchta mashina olib berish bahonasida uning 30 ming dollar pulini o‘zlashtirdi

Uchtepalik firibgar ayol tanishiga uchta mashina olib berish bahonasida uning 30 ming dollar pulini o‘zlashtirdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

1972 yili tug‘ilgan Sofiya Dadasheva tanishi Ja'far Kabirovga avtosalondan o‘z narxida va tez muddatda mashina olib berishini aytgan. Bunga qiziqib qolgan Kabirov mashina olaman deb yurgan qarindoshi Nafosat Salimova bilan Dadashevani tanishtirib qo‘ygan. Dadasheva Salimovadan dastlab 3 ming dollar, so‘ng yana 7 va 2 ming dollar olgan, buning evaziga salondan Nexia olib chiqib berishni va'da qilgan.

Salimova va Kabirovlarning maslahatlari bilan yana ikki qarindosh firibgarning tuzog‘iga ilingan: biri Damas uchun 10 ming dollar, biri Lacetti uchun 20 ming dollar bergan.

Oradan ko‘p muddat o‘tib ketsa ham, mashinalar olib chiqilmagani bois Kabirov Dadashevadan shubhalana boshlagan. Bu shubhalarni bartaraf qilish uchun Dadasheva unga 127 mln so‘m qarzni o‘tash borasida tilxat bergan. Lekin bu pullarning bor-yo‘g‘i 6 mln so‘mini qaytargan, xolos.

Shundan so‘ng aldangan qarindoshlar tegishli idoralarga murojaat qilishgan. Firibgar qo‘lga oliniib, sudga topshirilgan.

Top