23:36 / 23.12.2015
4648

Bag‘dod Turkiya Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqmayotganini aytdi

Turkiya Anqaraning turk harbiy bo‘linmalari Iroqning hududidan olib chiqilayotganini aytayotganga qaramasdan, u yerdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshlamadi. Bu haqda Iroq Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Nosir Nuriy ma'lum qildi.

“Aslida hech qanday turk qo‘shinlari olib chiqilmayapti, bu faqatgina Anqaraning gapi”, deb aytdi Nuriy. Uning aytishicha, turk armiyasi bo‘linmalari “faqatgina o‘sha hududlar atrofida biroz joylarini o‘zgartirishdi, biroq buni hattoki qisman olib chiqish deb ham bo‘lmaydi”, deb aytdi Nuriy.

Nuriy “Anqaraning bayonotidan keyin Iroqdan qo‘shinlar haqiqatda olib chiqilishiga” umid bildirmoqda. “Hanuzgacha bu yo‘nalishda hech qanday aniq qadamlar yo‘q”, deb o‘z so‘zlarini yakunladi Nuriy.

19 dekabrda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Anqara “o‘z kuchlarini Iroqdan olib chiqishni davom ettirishini” aytgan edi.

Top