09:03 / 23.12.2015
1745

Frantsuz kuchlari Malida 10 ga yaqin terrorchini bartaraf qildi

Frantsuz kuchlari Mali poytaxtida Radisson Blu mehmonxonasiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan “Al-Murabitun” terrorchilik guruhining 10 ga yaqin jangarisini bartaraf qildi.

Fransiya Mudofaa vazirligi tvitterda maxsus kuchlar bilan jangarilar o‘rtasidagi jang Menaka shahrida 19 dekabrdan 20 dekabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tganini ma'lum qildi.

Jang 4 soatga yaqin davom etgan, ikkita pikap mashinasi va o‘nta mototsikl hamda katta sondagi qurol-aslaha va portlovchi moddalar qo‘lga kiritilgan. Bartaraf qilingan terrorchilar o‘ldirilgani yoki tirik qo‘lga olingani haqida ma'lumot berilmagan.

Avvalroq “Al-Qoida” terrorchilik guruhi Malidagi mehmonxonaga bir nechta radikal guruh hujum qilganini ma'lum qilgandi.

Mehmonxonaga hujum 20 noyabrda sodir etilgan. 170 kishi asirga tushib qolgan, jumladan 6 nafar rossiyalik jangarilar qurboniga aylangan.

Dekabr o‘rtasidan Mali Saudiya Arabistoni boshchiligidagi islom aksilterrorchilik koalitsiyasiga kirgan davlatlardan biri bo‘ldi.

Top