19:38 / 23.12.2015
3363

Iroqda davomli teraktlar sodir etilib, 15 kishi halok bo‘ldi

23 dekabr kuni Iroqning turli shaharlarida sodir etilgan teraktlar natijasida jami 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Xalis shahridagi shialar yashaydigan mavzeda 2ta portlash yuz bergan va 7 kishi halok bo‘lgan.

Yana 8 kishi Bag‘dod hududidagi 5ta portlash qurboniga aylangan.

Shuningdek, bu davomli teraktlar oqibatida jami 53 kishi jarohatlangan.

Bu teraktlar Iroq harbiylarining Ramadi shahrini IShIDdan ozod etish uchun boshlagan keng ko‘lamli amaliyotlari fonida ro‘y berdi.

Top