19:13 / 23.12.2015
2715

«Manchester Yunayted» katta mablag‘ evaziga o‘z safiga Levandovskini qo‘shib olmoqchi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida jamoaga katta mablag‘lar evaziga bo‘lsada Germaniyaning «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovskini olib kelish niyatida.

TalkSPORT nashri bergan xabarga ko‘ra, «MYu» polyak futbolchisi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi. Shu bilan birga inglizlar futbolchi uchun kurashda «Real» va «PSJ»ni ortda qoldirish uchun ham urinib ko‘radi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda polshalik futbolchi 26 uchrashuvda 23 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Top