MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashi birlashgan havo mudofaasi tizimini rivojlantirishni muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Bugun Moskvada MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashining 69-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy idoralari rahbarlari ishtirok etadi”, — deyiladi xabarnomada.
Yig‘ilish chog‘ida turli yo‘nalishlardagi yigirmadan ortiq masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilmoqda. 2015 yildagi hamkorlik yakunlarini ko‘rib chiqish barobarida, 2016 yilga rejalar ham ko‘zdan kechiriladi.