10:34 / 23.12.2015
17590

O‘zbekistonda 280 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablarini yopish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar sport maktablari moddiy-texnik bazasidan foydalanishning holati va samaradorligini aniqlash bo‘yicha komissiya o‘z ishini boshladi.

Uzbekistan Today ma'lumotlariga ko‘ra, maxsus jihozlangan inshootlarda joylashgan 280 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi va olimpiya zaxiralari ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabini yopish rejalashtirilmoqda. Namunaviy bolalar sport inshootlari negizida 225 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi va to‘rt yo‘nalish – sportning o‘yin turlari va yengil atletika, suv sporti turlari, sport yakkakurashlari va gimnastika bo‘yicha faoliyat yurituvchi 56 ta ixtisoslashgan sport maktabi yaratiladi.

Optimallashtirish hisobiga bo‘shaydigan jihozlar va murabbiylar yangi bolalar va o‘smirlar sport maktablari moddiy-texnik o‘quv bazasini mustahkamlash uchun topshiriladi. Mablag‘lar esa amaldagi sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ta'mirlash hamda yangi yaratilayotganlarini jihozlash uchun yo‘naltiriladi.

Top