09:48 / 23.12.2015
4079

Peskov: prezident ma'muriyati Yangi yil ziyofatini uyushtirmaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'muriyatida Yangi yil uchun jamoaviy ziyofat uyushtirilmaydi. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Yangi yilning kutib olinishi munosabati bilan prezident nomidagi tantanali qabul uyushtiriladi, u yerga jamoat va siyosat arboblari, fan va madaniyat xodimlari, prezidentlik kengashlari a'zolari, hukumat rahbariyati va boshqalar taklif etiladi.

Peskovning fikricha, buni “hech ham korporativ deb atab bo‘lmaydi, bu davlat rahbari nomidan uyushtiriladigan davlat tadbiridir”.

Top