17:28 / 23.12.2015
5187

Poroshenko: Rossiya agressiyasi dunyoqarashlar urushidir

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ta'kidlashicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasi mohiyatan dunyoqarashlar urushidir. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar bermoqda.

“Men shuni qayd qilib o‘tmoqchi edimki, Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasi bu faqat hudud uchun urush emas. Rossiya katta hududga ega, bu dunyoqarashlar urushidir, bu ozodlik va demokratiyaga qarshi urushdir”, - dedi u Isroil parlamentidagi chiqishi chog‘ida.

Top