09:15 / 23.12.2015
3323

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistondagi baholash faoliyati rivojiga ko‘maklashadi

Jahon banki tuzilmalaridan biri hisoblangan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi o‘rtasida baholash faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Gazeta.uz nashrining qo‘mita matbuot xizmati ma'lumotiga asoslanib xabar berishicha, XMK Raqobat qo‘mitasiga bir qator harakatdagi aktivlar ko‘rinishida baholash bo‘yicha O‘zbekistonda mol-mulklarni baholashning yangi milliy standartlari loyihalarini ishlab chiqishga ko‘mak ko‘rsatadi.

Unga transport vositalari, mashinalar va uskunalar, qimmatbaho metallar, toshlar va zargarlik buyumlari, debitor qarzdorlik, tovar-material zaxiralar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chorva mollari, jumladan bo‘lg‘usi hosil (nasl) taalluqli hisoblanadi.
Yangi standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar baholashning xalqaro standartlari talablari inobatga olingan holda respublikaning professional baholash jamiyatlari — Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi va O‘zbekiston baholovchilar jamiyati ishtirokida amalga oshiriladi.

Top