21:56 / 23.12.2015
7741

Yagona portalda ishsizlik nafaqasi va bola tug‘ilganda bir martalik nafaqa tayinlash uchun ariza taqdim etish xizmati ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining yangi xizmati ishga tushdi.

Yangi xizmat ish qidirayotgan jismoniy shaxslarga ularni ishsiz deb e'tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ro‘yxatga olish uchun onlayn ariza taqdim etish imkoniyatini taqdim etadi.

Shuningdek, yagona portal orqali bola tug‘ilganda bir martalik nafaqa tayinlash uchun ariza yuborish mumkin.

Bu xizmat bola tug‘ilganda bir martalik nafaqa tayinlash masalasini qisqa muddatlarda hal etish uchun onlayn tarzda ariza yuborish imkoniyatini yaratadi.

Xizmat bepul ko‘rsatiladi. Xizmatdan ushbu havola orqali foydalanish mumkin.

Top