12:53 / 24.12.2015
3792

Blatter 2015 yilda martabasini yo‘qotganlar reytingida birinchi bo‘ldi

Forbes 2015 yilda martabasini yo‘qotganlar reytingini tuzdi.

Futbol faoliyatidan 8 yilga chetlashtirilgan FIFA prezidenti Yozef Blatter Forbes jurnali tomonidan tuzilgan mansabidan tushganlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Reytingdagi ikkinchi o‘rinda braziliyalik bankir Andre Esteves qayd etilgan. U noyabr oyida poraxo‘rlikda ayblanib, qamoqqa tashlangandi. Uchinchi o‘rinda esa NAACP rahbari (Rangli odamlarni rivojlantirish milliy uyushmasi) amerikalik Reychel Dolezal nomi bor. U shu yilda o‘zini afroamerikalik sifatida e'lon qildi.

23 dekabr kuni Blatter futboldan ketganini e'lon qildi. FIFAning Axloq qo‘mitasi uni va UYeFA prezidenti Mishel Platinini korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilib, 8 yilga futbol faoliyatida chetlatdi.

Blatter 1998 yildan buyon FIFAni boshqarib kelmoqda edi.

Top