09:26 / 24.12.2015
4038

CNN: Tramp saylovoldi kampaniyasida raqiblarini 20 foiz farq bilan ortda qoldirmoqda

AQSh prezidentligi uchun nomzod hisoblanmish Donald Tramp Respublikachilar partiyasi vakillari orasida 20 foizlik farq bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Bu haqda so‘rovnoma natijalariga asoslanib, CNN xabar qilgan.

Qayd etilishicha, Trampni so‘rovnoma ishtirokchilarining 39 foizi qo‘llab-quvvatlagan. 27 noyabrdan 1 dekabrgacha o‘tkazilgan avvalgi so‘rovnomada esa uning ko‘rsatkichi 36 foiz bo‘lgandi.

Texas shtati vakili bo‘lgan senator Ted Kruzni esa 18 foiz so‘raluvchi qo‘llashini bildirgan. Uning natijasi o‘tgan oydagiga qaraganda 2 foizga yaxshilangan.

Neyroxirurg Ben Karson 10 foiz respondentning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda. Bu esa uning ko‘rsatkichi o‘tgan oydagiga qaraganda 4 foizga pasayganini anglatadi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, floridalik senator Marko Rubioning ko‘rsatkichlari ham pasaygan (12 foizdan 10 foizga tushish).

Boshqa nomzodlar uchun jami 5 foiz ovoz yig‘ilgan.

Top