15:50 / 24.12.2015
5877

Putin Narendra Modiga qilich va Gandining kundaligidan bir parcha sovg‘a qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvi vaqtida unga 18 asrga oid qilich (Bangladeshda 1717 yildan 1880 yilgacha hukm surgan Najafiylar sulolasiga tegishli) hamda Mahatma Gandi kundaliklarining bir qismini sovg‘a qildi. Bu haqda Hindiston bosh vaziri o‘z tvitteri orqali ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, Kremlda ushbu ikki siyosatchining uchrashuvi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar qilingandi. Muzokaralar norasmiy tushlik ko‘rinishida o‘tkazilgan. Davlat rahbarlari hududiy va mintaqaviy muammolarni hamda BMT, BRIKS va ShHT doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.

24 dekabr kuni Modi 16-marta o‘tkaziladigan Rossiya-Hindiston sammitida ishtirok etadi.

Uning bu safari davomida Hindiston va Rossiya o‘rtasida terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

Top