17:28 / 24.12.2015
5966

Putin neftning arzon narxi uzoq vaqt davomida saqlanib qolishiga tayyor turishga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hukumat a'zolari bilan uchrashuv chog‘ida, rasmiylar eksportbop mahsulotlarning past narxda sotilishiga va Rossiyaga qarshi sanksiyalarning uzoq muddat davom etishiga tayyor bo‘lishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.ru» nashri xabar tarqatdi.

«Eksportbop mahsulotlarning past narxlarda sotilishi va tashqi cheklovlarning uzoq muddat davom etishiga tayyor bo‘lish lozim. Hozirgi qiyin sharoitda o‘zimizda mavjud imkoniyatlar orqali natijalarga erishish, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda samaradorlikni oshirishga harakat qilishimiz zarur bo‘ladi», — deya ta'kidlagan Rossiya prezidenti.

Oldinroq, hukumat neft narxining 40 dollarga tushib ketishi natijasida byudjyetni qayta ko‘rib chiqish uchun ruxsat bergandi.

Top