12:44 / 24.12.2015
15977

Shoygu: Rossiya IShIDga qarshi turish uchun Qirg‘iziston armiyasini qayta qurollantirmoqda

Rossiya Qirg‘iziston armiyasiga Afg‘oniston yo‘nalishida IShID hamda boshqa terrorchi guruhlarga qarshi tura olishi uchun yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu bayonot berdi.

“Biz o‘z tomonimizdan Qirg‘iziston qurolli kuchlarini qayta qurollantirish bo‘yicha rejani bajarish uchun hamma narsaga tayyormiz, ular Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlarga qarshi tura olishi uchun”, - dedi Shoygu Qirg‘iziston qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i polkovnik Jonibek Qaparov bilan Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida.           Shoyguning fikricha, bu tahdidlar realdir.                                                                   “Biz ularni ko‘rib turibmiz. Siz ham ko‘ryapsiz, deb o‘ylayman”, - dedi u.

Top