23:26 / 24.12.2015
3830

Tojikiston 2015 yilda 1,3 mlrd kVt.soat elektr energiya eksport qildi

Tojikiston 2015 yilning yozida Afg‘oniston va Qirg‘izistonga 1,3 mlrd kVt.soat elektr energiya eksport qildi. Bunday ma'lumotlar Tojikiston Oliy majlisi sessiyasida “Barki tochik” davlat energetik kompaniyasi rahbari Mirzo Ibrohim tomonidan keltirildi.

Ibrohimning ta'kidlashicha, Afg‘onistonga 1 mlrd. 137 mln kVt.soat, Qirg‘izistonga esa 159,1 mln kVt.soat elektr energiya eksport qilingan. Uning ma'lum qilishicha, qo‘shni davlatlarga elektr energiya eksport qilish Vaxsh daryosidagi oqimning kamayishi sababli 1 oktabrdan to‘xtatilgan.

Ibrohimning aytishicha, Afg‘oniston tojik elektr energiyasining bir kilovattini 3,7 sentdan, Qirg‘iziston esa 2,5 sentdan sotib oladi.

Ibrohimning ta'kidlashicha, Tojikiston yozda Afg‘onistonga bundan ham ko‘proq elektr energiya eksport qilishi mumkin, biroq ikki davlatni bog‘lab turuvchi energetik tizimlarning quvvati bugungi kunda buni amalga oshirishga imkon bermaydi.

Top