14:52 / 24.12.2015
3231

Xokkey bo‘yicha «Spartak» jamoasi himoyachisi arbitrning tishini urib sindirdi

KXL doirasidagi o‘yinlardan biri «Spartak» — «Yokerit» (1:3) bahsi vaqtida qanotda harakat qiluvchi arbitr Gleb Lazarev noqulay ahvolga tushib qoldi.

O‘yin davomida «Spartak» jamoasi himoyachisi Charlz Genoueyaning klyushkasi (xokkey o‘yinidagi uchi qayrilgan tayoq) bexosdan hakamning yuziga tegib ketgan. Natijada, hakamning tishlaridan biri sinib tushgan, unga tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin u o‘yinni davom ettirgan.

Top